Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

“Yashil makon” loyihasida kursantlar ham faol

07 Noyabr 2023, 09:11

680

Yurtimizning barcha hududlarida “Yashil makon” umummilliy loyihasining kuzgi mavsumi qizg‘in davom etmoqda. Xayrli tadbirga IIV Akademiyasi kursantlari ham faol hissa qo‘shishmoqda.

Ezgu tashabbus doirasida poytaxtimizning Chilonzor, Uchtepa, Yashnobod va Mirzo Ulug‘bek tumanlari mahallalarida keng ko‘lamli ko‘kalamlashtirish tadbirlari amalga oshirildi. Ko‘chalar, aholi gavjum maskanlar, turar-joy va ta’lim muassasalari, bolalar maydonchalari obodonlashtirilib, daraxt va yerlarga ishlov berildi. Hududlarga iqlimga mos va inson salomatligiga foydali ko‘chatlar ekildi.

Bir so‘z bilan aytganda, umumxalq harakatiga aylangan loyiha barcha yurtdoshlarimizni ulug‘ maqsad sari birlashtirmoqda. U ham bo‘lsa, yurtimizni yashillikka burkash, kelajak avlod uchun sog‘lom va musaffo tabiat qoldirishdir.

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech