Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Yangiliklar qisqa satrlarda

30 May 2024, 10:05

432

IIV akademiyasida “Ma’rifat ulashib” tadbirlari doirasida “Ochiq eshiklar kuni” o‘tkazildi.

Vatanparvarlik tarbiyasini kuchaytirish, yoshlarni oliy ta’limga yo‘naltirish maqsadida tashkil etilgan tadbirda poytaxtimizning Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 121, 205, 222-sonli o‘rta ta’lim maktablari bitiruvchilari hamda ularning ustozlari ishtirok etdi. O‘quvchilar akademiyadagi zamonaviy shart-sharoitlar, iqtidorli kursantlar uchun yaratilgan ulkan imkoniyatlar bilan tanishib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

* * *

Jamoat xavfsizligi universitetida turdosh oliy ta’lim muassasalari kursantlari o‘rtasida fan olimpialari bo‘lib o‘tdi.

Tarix bilimdonlari bahsida Jamoat xavfsizligi universiteti kursanti A. Davronov 1-o‘rinni, IIV akademiyasi kursanti K. Ismoilov 2-o‘rinni, Bojxona instituti kursanti A. Mavlonderdiyev 3-o‘rinni egalladi.

Ingliz va rus tillari bo‘yicha o‘tkazilgan olimpiadada kursantlarimiz jamoaviy tarzda ishtirok etib, “Eng ravon nutq” hamda “Eng zukkolar jamoasi” nominatsiyalarini qo‘lga kiritdilar.

Shuningdek, raqamli va axborot texnologiyalari fanidan o‘tkazilgan olimpiada ham qiziqarli ruhda o‘tib, yakunda iqtidorli kursantimiz I. Iminov nominatsiya bilan taqdirlandi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech