IIV Akademiyasi shaxsiy tarkibining jangovar shayligi tekshirildi.
Mashg‘ulotda doimiy va o‘zgaruvchan tarkib a’zolarining zamonaviy xavf-xatar va tahdidlarga tayyorligi, favqulodda vaziyatlarda harakatlanish tartibi, shuningdek tashvish qoplaridagi anjomlarning holati ko‘rikdan o‘tkazildi.
Amaliy mashg‘ulot xodimlar va tinglovchi-kursantlarning jangovar ko‘nikmalarini oshirishga xizmat qiladi.
***
Akademiya magistraturasining “tashkiliy-strategik boshqaruv” yo‘nalishida ta’lim olayotgan tinglovchilari Qurolli Kuchlar akademiyasida bo‘ldilar.
Tinglovchilarga o‘quv muassasasi faoliyati, kadrlar tayyorlash jarayoniga tadbiq etilgan innovatsion yondashuvlar, yaratilgan zamonaviy sharoitlar, xorijiy hamkorlik aloqalari bo‘yicha batafsil ma’lumot berdi. Mashg‘ulot davomida zamonaviy ta’limning ilg‘or jihatlari yuzasidan fikr almashildi.
***
Akademiyaning sirtqi ta’lim yo‘nalishi 1-bosqichiga qabul qilingan tinglovchilar uchun o‘quv jarayonlari boshlandi.
2022/2023-o‘quv yili rejasiga ko‘ra, dastlabki bosqichda oliy ma’lumotga ega bo‘lgan tinglovchilar bilan 84 soat, oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan tinglovchilar bilan 60 soat mashg‘ulot tashkil etiladi. Darslar malakali professor-o‘qituvchilar hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlarning tajribali mutaxassislari tomonidan ilg‘or pedagogik yondashuvlar asosida olib boriladi. Bundan tashqari, tinglovchilardan “Jinoyat-protsessual huquqi”, “Jinoyat huquqi”, “Ma’muriy huquq”, “Harbiy-xizmat tayyorgarligi”, “Xalqaro huquq”, “Huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyati”, “Sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar”, “Yuristlar uchun xorijiy til”, “Yuristlar uchun o‘zbek (rus) tili”, “Jismoniy va jangovar tayyorgarlik” hamda “Davlat va huquq nazariyasi” fanlari bo‘yicha yakuniy nazorat imtihonlari qabul qilinadi.
O‘quv jarayonlari joriy yilning 28-oktyabriga qadar davom etadi.
IIV Akademiyasi Axborot xizmati