Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Yangiliklar qisqa satrlarda

10 Iyun 2024, 09:06

527

Poytaxtimizda joylashgan Adiblar xiyobonida IIV Akademiyasi kursantlari ishtirokida “Maʼrifat ulashib” loyihasi doirasida harakatli bilimlar estafetasi tashkil etildi.

Tadbirda kursantlarning o‘zbek adabiyotiga ulkan hissa qo‘shgan shoir va yozuvchilar hayoti hamda ijod namunalari yuzasidan to‘plagan bilimlari savol-javoblar orqali yana-da mustahkamlandi.

Yakunda g‘oliblar ustozlar tomonidan eʼtirof etildi.

* * *

Belarus Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasi Jinoyatlarni tergov qilish kafedrasi bilan hamkorlikda onlayn mashg‘ulot o‘tkazildi.

Xorijlik mutaxassis, yuridik fanlar doktori, dotsent Tatyana Sherba tomonidan “Axborot texnologiyalaridan foydalangan holda sodir etilgan firibgarlik jinoyatlarini tergov qilish xususiyatlari” mavzusi Belarus tajribasi misolida keng yoritib berildi.

Mashg‘ulotda kunduzgi taʼlimning “tergov faoliyati” yo‘nalishi kursantlari hamda ixtisoslik kafedrasi professor-o‘qituvchilari ishtirok etdi.

* * *

Ichki ishlar organlarida 1 iyundan 30 iyunga qadar “Intizom oyligi” o‘tkazilayotganligi munosabati bilan ommaviy musobaqalar tashkil etildi.

IIV Akademiyasi kursantlari o‘rtasida o‘tkazilgan “Armiya o‘yinlari” va milliy sport musobaqalari yakka va jamoaviy tarzda bo‘lib o‘tdi. Qizg‘in o‘tgan musobaqalarda kursantlar faol bo‘lishdi. Yakunda har bir yo‘nalish bo‘yicha g‘oliblar aniqlandi.

 

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech