Ichki ishlar vazirligi akademiyasida donorlik aksiyasi tashkil etildi.
Respublika qon quyish markazi hamda Ichki ishlar vazirligi Tibbiyot boshqarmasi markaziy gospitali bilan hamkorlikda o‘tkazilgan xayriya tadbirida shaxsiy tarkib xodimlari ixtiyoriylik asosida faol ishtirok etdi. Tadbir oldidan donorlikning inson salomatligi uchun foydali tomonlari haqida targ‘ibot ishlari olib borildi.
***
O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlikning oldini olish hamda yoshlarni korrupsiyaviy huquqbuzarliklardan saqlash masalalariga bag‘ishlangan huquqiy targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
Universitet jamoatchiligi, ma’naviyat targ‘ibotchilari, talaba yoshlar ishtirok etgan tadbirda Ichki ishlar vazirligi akademiyasi professor-o‘qituvchilari jinoyatchilikning huquqiy oqibatlari, amaldagi qonunchilikda xotin-qizlarga tazyiq va zo‘ravonlik ko‘rsatish uchun belgilangan javobgarlik, shuningdek yoshlar ta’lim-tarbiyasini tashkil etishning asosiy omillari, o‘sib kelayotgan avlodni salbiy illatlardan asrashda profilaktik tadbirlarning ahamiyati xususida to‘xtalib o‘tishdi.
IIV Akademiyasi Axborot xizmati