Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Yangiliklar qisqa satrlarda

21 Oktyabr 2022, 07:10

1028

Toshkent davlat yuridik universiteti talabalari Ichki ishlar vazirligi akademiyasi tajribalarini o‘rganishdi.

Ta’lim jarayoni bilan tanishuvdan so‘ng, “Ishni sudga qadar yuritish bosqichining o‘ziga xos xususiyatlari” mavzuida ma’ruza mashg‘uloti o‘tkazildi. Talabalarning muxatassislikka oid ko‘nikmalarini mustahkamlash maqsadida o‘g‘rilik va yo‘l-transport bilan bog‘liq jinoyatlar sodir etilganda hodisa joyini ko‘zdan kechirish bo‘yicha amaliy mashg‘ulot tashkil qilindi.

***

IIV Akademiyasining Kriminalistik ekspertizalar kafedrasi tomonidan o‘tkazilgan davra suhbatida ekspert-kriminalistika sohasining zamonaviy imkoniyatlari yuzasidan fikr almashildi.

Tadbirga Ichki ishlar vazirligi Ekspert-kriminalistika bosh markazi vakillari, Tezkor-qidiruv faoliyati kafedrasi professor-o‘qituvchilari hamda “ekspert-kriminalistika faoliyati” mutaxassisligi bo‘yicha ta’lim olayotgan kursantlar taklif qilindi.  

Markaz boshlig‘i, polkovnik S. Nuriddinov sohaga tatbiq qilinayotgan zamonaviy yondashuv va texnologiyalar, ta’lim va amaliyot uyg‘unligini mustahkamlashning muhim jihatlariga to‘xtalib, kursantlarni qiziqtirgan savollarga javob berdi. 

***

Samarqand viloyati IIB Jamoat xavfsizligi xizmati bilan hamkorlikda o‘tkazilgan onlayn mashg‘ulot “huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyati” ixtisoslik yo‘nalishida tahsil olayotgan kursantlar uchun foydali tavsiyalarga boy tarzda o‘tdi.

  Mashg‘ulotda huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olishda “fuqarobay” ishlash mexanizmining ahamiyati, jamoat tartibini saqlashda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar, bu borada ichki ishlar organlarining boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar bilan samarali hamkorligini ta’minlash omillari va boshqa dolzarb masalalarda fikr-mulohazalar bildirildi.

 

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

 

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech