Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Yangiliklar qisqa satrlarda

09 Oktyabr 2022, 07:10

1151

IIV Akademiyasi professor-o‘qituvchilaridan iborat ishchi guruh poytaxtimizning Uchtepa tumanidagi “O‘rikzor” mahallasida uchrashuv o‘tkazdi.

Mahalla raisi, profilaktika inspektori, hokim yordamchisi, xotin-qizlar faoli hamda yoshlar yetakchisi ishtirok etgan uchrashuvda huquqbuzarlik va jinoyatlarning barvaqt oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi. Ishchi guruh tomonidan joriy yilning o‘tgan davri mobaynida sodir etilgan jinoyatlarning sabablari, kriminogen vaziyatga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan omillar tahlil qilinib, mahallani jinoyatdan xoli hududga aylantirish borasida tavsiyalar berildi.

Shuningdek huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikni jilovlash bo‘yicha “fuqarobay” ishlash metodikasini yanada ommalashtirish yuzasidan aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.

***

IIV Akademiyasida jinoyat qonunchiligining dolzarb masalalariga bag‘ishlangan davra suhbati qizg‘in muloqot ruhida o‘tdi.

 Jinoyat huquqi kafedrasi o‘qituvchilari, “Adolat” iqtidorli kursantlar ilmiy to‘garagi a’zolari ishtirok etgan tadbirda jinoyat qonunchiligini takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlari, mazkur sohada amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar, shuningdek xorijiy davlatlarning ilg‘or tajribalari haqida fikr-mulohazalar bildirildi. Faol kursantlar tomonidan amaliyotdagi ayrim masalalarning muhim jihatlari xususida qator takliflar ilgari surildi.

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

 

 

 

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech