Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Yangiliklar qisqa satrlarda

03 Oktyabr 2022, 10:10

833

“Kasbiy tayyorgarlik oyligi” munosabati bilan o‘tkazilgan ochiq eshiklar kunida IIVning 1-sonli akademik litseyi o‘quvchilari Akademiya faoliyati bilan tanishdilar.

Saf maydoni, o‘quv zallari, vatanparvarlikni targ‘ib etuvchi xonalar, Akademiya tarixi muzeyi, sport majmuasi, axborot-resurs markazi hamda kursantlar uchun yaratilgan zamonaviy shart-sharoitlar o‘quvchi yoshlarning tanlagan kasbiga sadoqatini mustahkamlashga xizmat qildi.

***

Akademiya ma’naviyat va ma’rifatda “Izquvarlar” muloqot klubi a’zolari uchun uchrashuv o‘tkazildi.

Tezkor-qidiruv faoliyati kafedrasi hamda Toshkent shahar IIBB JQB bilan hamkorlikda tashkil etilgan tadbirda amaliyot xodimlari tomonidan korrupsiyaviy jinoyatlarni fosh etish usullari, tezkor-qidiruv tadbirlarini o‘tkazishda soha xodimlaridan talab etiladigan jihatlar, shuningdek amaliyotda ro‘y bergan holatlar haqida kursantlarga so‘zlab berildi.  

***

Axborot-resurs markazi tashabbusi bilan tashkil etilgan kitob yarmarkasida professor-o‘qituvchilar va tinglovchi-kursantlar faol ishtirok etdi.   

Ko‘rgazma doirasida “G‘afur G‘ulom”, “Adolat”, “Yangi asr avlodi” va boshqa nashriyot uylarida chop etilgan turli yo‘nalishdagi adabiyotlarga qiziqish yuqori bo‘ldi. Yarmarka ishida 200 dan ortiq kitoblar xarid qilindi.

 

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech