IIV Akademiyasida “Ma’muriy qonunchilikni takomillashtirish samaralari” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Ma’muriy huquq kafedrasi tashabbusi bilan kunduzgi ta’limning birinchi bosqich kursantlari uchun tashkil etilgan tadbirda amaliyot xodimlari ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining mazmun-mohiyati, tizimga tatbiq qilinayotgan yangicha mexanizmlar, ichki ishlar organlarining mazkur faoliyatini takomillashtirish masalalari yuzasidan fikr almashdilar.
***
Poytaxtimizning Yangihayot tumanidagi 331-sonli o‘rta umumta’lim maktabida yo‘l harakati qoidalariga bag‘ishlangan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
IIV Akademiyasining Avtomobil tayyorgarligi kafedrasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan uchrashuvda yo‘l harakati qoidalari yuzasidan tushunchalar berildi. So‘nggi paytlarda maktab o‘quvchilari ishtirokida sodir bo‘layotgan yo‘l-transport hodisalari tahlil qilinib, bu kabi holatlarning oldini olish, yoshlarning huquqiy madaniyati va bilimini yuksaltirish borasida tavsiyalar berildi.
***
Akademiyaning Tezkor-qidiruv faoliyati kafedrasi qoshidagi “Izquvarlar” muloqot klubiga iste’fodagi polkovnik Abror Ibragimov taklif qilindi.
Uchrashuv mehmoni sohadagi boy tajribasi, mustaqillikning dastlabki yillarida huquq-tartibot organlari tomonidan uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida amalga oshirilgan tadbirlar, og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlarni fosh etishda soha xodimlaridan talab etiladigan kasbiy ko‘nikmalar, tezkor-qidiruv tadbirlarini samarali tashkil qilish usullari haqida so‘zlab berdi. Tadbir davomida kursantlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.
IIV Akademiyasi Axborot xizmati