IIV akademiyasi hamda Rossiya Federatsiyasi Jazoni ijro etiş federal xizmatining Huquq va boşqaruv akademiyasi hamkorligida onlayn maşğulot taşkil etildi.
Unda yuridik psixologiya va pedagogika kafedrasi dotsenti S. Luzin jazoni ijro etiş muassasalarida mahkumlarning jamiyatga qayta moslaşuvini ta’minlaş, ularni işlab çiqariş va mehnat faoliyatiga jalb qiliş, kasbga yönaltirişni samarali taşkil etiş mavzuida ma’ruza qildi.
* * *
IIV akademiyasi magistraturasi tinglovçilari tomonidan yoşlar örtasida kiber va narkojinoyatlarning oldini olişga bağişlangan tadbir ötkazildi.
“Toşkent irrigatsiya va qişloq xöjaligini mexanizatsiyalaş muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti talabalari hamda professor-öqituvçilari iştirokida taşkil etilgan tarğibotda yoşlar jinoyatçiligining omillari va ularni bartaraf etiş çoralari atrofliça tuşuntirildi.
* * *
IIV akademiyasida taşkil qilingan kitob yarmarkasida “Yangi asr avlodi” va “Yuridik adabiyotlar publiş” naşriyotlari öz mahsulotlari bilan iştirok etdi.
Tadbir davomida professor-öqituvçilar, xodimlar, tinglovçi va kursantlar özlari qiziqqan janrdagi adabiyotlarni xarid qilişdi.
IIV akademiyasi Axborot xizmati