Kadrlar tayyorlash jarayonini takomillashtirish, zamonaviy ta’limning ilg‘or tajribalarini ommalashtirish bugungi kunning ustuvor vazifalaridan biri sanaladi.
Toshkent davlat yuridik universitetining Ixtisoslashgan filiali talabalari Ichki ishlar vazirligi akademiyasi faoliyati bilan tanishdilar. Tadbir ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlik memorandumi asosida tashkil qilindi.
Mehmonlar o‘quv jarayonining ilg‘or jihatlarini ko‘zdan kechirdilar. Ayniqsa o‘quv tezkor-tergov guruhlari faoliyati, bazaviy amaliyot mashg‘ulotlari, hududiy ichki ishlar organlari bilan hamkorlikda o‘tkazilayotgan onlayn master-klass darslar, shuningdek harbiy vatanvarvarlik tuyg‘ularini mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar talaba yoshlarda katta qiziqish uyg‘otdi.
IIV Akademiyasi Axborot xizmati