Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Yangi tizimning mazmun-mohiyati yetkazildi

15 Fevral 2024, 03:02

852

Poytaxtimizning Mirzo Ulug‘bek tumanida “mahalla yettiligi” tizimini samarali tashkil etishga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati, Ichki ishlar vazirligi akademiyasi hamda tuman hokimligi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda mahalla tizimi faollari zimmasidagi ustuvor vazifalar yetkazildi.

So‘zga chiqqanlar davlatimiz rahbarining “Mahalla institutining jamiyatdagi rolini tubdan oshirish va uning aholi muammolarini hal etishda birinchi bo‘g‘in sifatida ishlashini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni mazmun-mohiyatiga atroflicha to‘xtalib o‘tishdi.

– Keyingi yillarda mahallalarning jamiyat hayotidagi mavqei yanada mustahkamlandi. Aholi muammolarini o‘rganish va hal etishning samarali mexanizmlari yaratildi. Bugungi muloqotdan ko‘zlangan maqsad “mahalla yettiligi”ning aholi bilan yaqin hamkorlikda ishlash ko‘nikmalarini shakllantirishdan iborat, – dedi Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi o‘rinbosari Tolibjon Madumarov.

Tadbir davomida mahalla vakillariga aholi bilan yangi tizim bo‘yicha ishlash, mahallalarni chinakam xalqchil tuzilmaga aylantirish, hududlarda kriminogen vaziyatni barqaror saqlash, jinoyatchilikni jilovlash va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish yuzasidan tavsiyalar berildi. Faollar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

 

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech