Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Yangi qo‘llanmalarning taqdimoti o‘tkazildi

25 Sentyabr 2023, 08:09

977

Qarshi shahri hokimligida IIV Akademiyasi tomonidan o‘g‘rilik, firibgarlik va bezorilik jinoyatlarining barvaqt profilaktikasini tashkil etish bo‘yicha tayyorlangan qo‘llanmalar taqdimoti bo‘lib o‘tdi.      

Sektorlar mutasaddilari, “mahalla beshligi” a’zolari, Akademiya vakillari va faollar ishtirok etgan tadbirda mazkur metodik qo‘llanmalarning dolzarb ahamiyati hamda amaliyotga tatbiq etish chora-tadbirlari xususida so‘z bordi. 

Tadbirda muhtaram Prezidentimiz rahbarligida aholi bilan manzilli ishlash, mahallalarda jinoyatlikni jilovlash, hududlarning o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish bo‘yicha samarali tizim yaratilgani ta’kidlab o‘tildi. Ayniqsa profilaktik chora-tadbirlarning “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyili asosida har bir mahalla, oila va shaxs kesimida tashkil etilayotgani sodir etilgan har bir jinoyatning sabab va shart-sharoitlarini aniqlash, ularni o‘z vaqtida bartaraf etishda ijobiy natijalar berayotgani qayd etildi.

Taqdimotda Qarshi shahri misolida tayyorlangan qo‘llanmalarning mazmun-mohiyati, Akademiya professor-o‘qituvchilari tomonidan hududlarni o‘rganish jarayonida olib borilgan tahlillar asosida ishlab chiqilgan taklif-tavsiyalar, xususan, o‘g‘rilik, firibgarlik, bezorilik jinoyatlarining barvaqt oldini olish bo‘yicha amalga oshirilishi lozim profilaktik chora-tadbirlar tushuntirib o‘tildi.

Joriy yilning o‘tgan davri mobaynida sodir etilgan jinoyatlar tahlil qilinib, metodik qo‘llanmalarni amaliyotga keng joriy etish orqali jinoyatchilikni jilovlash yuzasidan ustuvor vazifalar belgilab olindi.

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech