Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Yangi qarorning ustuvor ahamiyatiga bag‘ishlandi

30 Yanvar 2023, 05:01

882

IIV Akademiyasida davlatimiz rahbarining “Ichki ishlar organlarini xalqchil professional tuzilmaga aylantirish va aholi bilan yanada yaqin hamkorlikda ishlashga yo‘naltirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-10-son qarori yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Ta’lim muassasasi rahbariyati, shaxsiy tarkib a’zolari ishtirok etgan yig‘ilishda mamlakatimiz ichki ishlar organlaridagi izchil islohotlar yo‘lida qabul qilingan mazkur qarorning maqsadi va mazmun-mohiyati atroflicha sharhlandi.

Aytish joizki, mazkur qaror bilan soha xodimlarining kasbiy madaniyat va xizmat intizomi kodeksi, IIV Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash departamentining nizomi, shuningdek ichki ishlar organlarida kadrlar salohiyati darajasini oshirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni qabrab olgan “yo‘l xaritasi” tasdiqlandi.

Tadbirda kafedra boshlig‘i, polkovnik Sirochjon Berdiqulov so‘z olib, ushbu qaror Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasining ustuvor maqsad va vazifalarini amalga oshirish, ichki ishlar organlarini aholiga yanada yaqinlashtirish orqali tizimning xalqchil faoliyatini ta’minlash, jamiyatda qonun ustuvorligi va tinchlik-osoyishtalikni mustahkamlashga xizmat qilishini ta’kidladi.

Qayd etilganidek, yangi kodeksda belgilangan qoida va talablarga amal qilish ichki ishlar organlari har bir xodimining xizmat faoliyati samaradorligi va xizmat intizomini baholashning asosiy mezoni hisoblanadi. Ushbu qoida va talablarga amal qilmaslik yoki ularni qo‘pol ravishda buzish esa xodimni tizimdan bo‘shatishgacha bo‘lgan intizomiy jazo chorasini qo‘llash uchun asos bo‘ladi.

Endilikda ichki ishlar organlarida xizmatga qabul qilish bo‘yicha nomzodlarni tanlashning adolatli, xolis va shaffof tizimini yaratiladi. Ma’naviy-ma’rifiy ishlar “ta’lim muassasasidan – xizmatning oxiriga qadar” tamoyili asosida tizimli va uzluksiz tashkil etilib, istiqbolli yosh rahbar kadrlar zaxirasini shakllantirishning yangi tizimi joriy qilinadi.

Vazirlik qoshidagi akademik litseylar bitiruvchilari uchun IIV Akademiyasi kunduzgi ta’lim bakalavriatining “huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyati” va “tezkor-qidiruv faoliyati” yo‘nalishlarida to‘lov-kontrakt asosida o‘qish imkoniyati yaratiladi. Bunda hududiy ichki ishlar organlarining ehtiyojini inobatga olgan holda 200 nafargacha qo‘shimcha qabul kvotasi tashkil etiladi. Shuningdek Akademiyada ichki ishlar organlari ta’lim va o‘quv muassasalarining pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish ishlari amalga oshiriladi.

Yig‘ilishda yuqoridagi qarorning barcha muhim jihatlari shaxsiy tarkibga yetkazildi. Xodimlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

 

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech