Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

“Yangi nafas – ekiden” ommaviy yugurish musobaqasi

25 Dekabr 2023, 03:12

658

Poytaxtimizdagi “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida “Yangi nafas – ekiden” ommaviy yugurish musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuniga bag‘ishlab o‘tkazilgan musobaqa O‘zbekiston yengil atletika federatsiyasi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar, Yoshlar siyosati va sport, Sog‘liqni saqlash, Ichki ishlar, Favqulodda vaziyatlar, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirliklari, shuningdek “Asaka bank” ATB, “O‘zbekneftgaz” AJ, “BYD Uzbekistan Factory” kompaniyasi hamkorligida tashkil etildi.

Musobaqa g‘oliblari erkaklar, ayollar hamda aralash estefeta ishtiroklari orasidan saralab olindi. Shunga ko‘ra, IIV Akademiyasi kursant qizlaridan iborat jamoamiz ayollar o‘rtasida faxrli 2-o‘rinni egallab, medal va pul mukofotiga sazovor bo‘ldi.

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech