Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Xotin-qizlar o‘zaro bellashdilar

09 Mart 2023, 07:03

1184

Jamiyatda ma’naviy muhitni qaror toptirish, sog‘lom va barkamol avlodni tarbiyalash, oilalar mustahkamligini ta’minlashda xotin-qizlarning o‘rni katta. 

Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan IIV Akademiyasida xizmat qilayotgan ayol xodimalar o‘rtasida musobaqa o‘tkazildi. “Yangi O‘zbekistonning fidoyi xotin-qizlari” shiori ostida tashkil etilgan tadbirda 50 nafardan ortiq xotin-qizlar qatnashdi. Musobaqa ishtirokchilari voleybol, stol tennisi, shashka, “Makarov” pistoletini qismlarga ajratish va yig‘ish hamda merganlik bo‘yicha o‘zaro bellashdilar.

Qiziqarli bahslar yakunida eng ko‘p ochko jamg‘argan xodimlarga g‘oliblik nasib etdi. Jumladan, Jinoyat-ijroiya huquqi kafedrasi kabinet boshlig‘i, katta leytenant Feruza Xalilova stol tennisidan, Tarbiyaviy ishlarni tashkil etish bo‘limi inspektori, leytenant Sevara Orziqulova shashkadan g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Kotibiyat katta ish yurituvchisi, safdor Gulnora Mirzayeva jangovar qurolni qismlarga ajratish va yig‘ishda eng yaxshi natija qayd etgan bo‘lsa, nishonni aniq mo‘ljalga olish bo‘yicha Tahririy-noshirlik bo‘limi bosh muharriri, podpolkovnik Irina Soloxina hammadan ko‘p ochko jamg‘ardi. Musobaqa nizomiga asosan, faqat voleybol bahslarida faxrli uchta o‘rin sohiblari aniqlandi.

G‘olib va sovrindorlar bayram munosabati bilan o‘tkazilgan tadbirda diplom hamda qimmatbaho sovg‘alarni qo‘lga kiritishdi.

 

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

 

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech