IIV Akademiyasida bo‘lib o‘tgan davra suhbatida xotin-qizlar o‘rtasida sodir etilayotgan huquqbuzarliklar va jinoyatchilikning sabablari yuzasidan fikr almashildi.
Tadbirda Toshkent viloyati IIBB Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, podpolkovnik Shahnoza Sodiqova, Chinoz tumani ichki ishlar bo‘limining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektori, podpolkovnik Mahfuza Sirojova, malakali pedagog-psixolog Shahnoza Toshmatova, shuningdek o‘quv maskani professor-o‘qituvchilari va “huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyati” ixtisoslik yo‘nalishi kursantlari ishtirok etdi.
Davra suhbati avvalida Akademiya boshlig‘ining yordamchisi, polkovnik Ismoil Himmatov so‘z oldi. Shundan so‘ng amaliyot xodimlari xotin-qizlar o‘rtasida sodir etilayotgan huquqbuzarliklar va jinoyatchilikning barvaqt oldini olish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar, mavjud holat va muammolar haqida to‘xtalib o‘tishdi. Muloqotda mazkur yo‘nalishda ta’lim olayotgan kursantlarga zarur kasbiy va psixologik tavsiyalar berildi.
IIV Akademiyasi Axborot xizmati