Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Xotin-qizlar masalalariga bag‘ishlandi

09 Dekabr 2024, 08:12

204

IIV akademiyasida “Zo‘ravonlikka qarshi 16 kun” tadbirlari doirasida davra suhbati o‘tkazildi.

Kursant qizlarning ma’naviy-huquqiy dunyoqarashi va ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish maqsadida tashkil qilingan tadbirga tajribali psixolog hamda ichki ishlar organlarining ayol xodimlari taklif qilindi.

Tadbir avvalida xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini ta’minlash, davlat va jamiyat hayotidagi mavqeini yanada mustahkamlash borasidagi islohotlar e’tirof etildi. Shu bilan birga, oilaviy qadriyatlarni asrash, mahallalarda ijtimoiy-ma’naviy muhitni yaxshilash, oila institutini mustahkamlash, xotin-qizlarni turli tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish muhim vazifa ekanligi aytib o‘tildi.

Soha mutaxassislari ayni sohada amalga oshirilayotgan ishlarga to‘xtalib, oilaviy-maishiy muammolar, gender zo‘ravonlik va ayollar jinoyatchiligining oldini olish, tazyiq va zo‘ravonlikdan jabr ko‘rgan xotin-qizlar bilan manzilli ishlash, ularga har tomonlama ko‘mak berish masalalarida mulohaza yuritishdi. Qiziqarli o‘tgan tadbirda kursant qizlar kasbiy maslahat va psixologik tavsiyalar olishdi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech