Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Xotin-qizlar faolligi – jamiyat ravnaqi

29 Oktyabr 2022, 03:10

1455

Ichki ishlar vazirligi akademiyasida “Ayoli qadrli yurtning kelajagi buyukdir” mavzuida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. O‘quv-saf qismi tashabbusi bilan tashkil etilgan tadbirda ma’naviyat targ‘ibotchilari, hakamlik sudlari vakillari, qizlar otryadi ofitserlari hamda kursantlar ishtirok etdi.  

Ta’kidlanganidek, yurtimizda xotin-qizlarning ta’lim olishi uchun munosib shart-sharoitlar yaratish, ijtimoiy muammolarini hal etish, jamiyat hayotidagi faolligini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ayniqsa so‘nggi yillarda ilm-ma’rifatli qizlar safini kengaytirish, xotin-qizlar bandligini ta’minlash, ularning ilg‘or tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash borasida tizimli chora-tadbirlar qilindi.

Uchrashuvda so‘z olganlar jamiyat ravnaqida xotin-qizlarning o‘rni, qizlar kamolotining ma’naviy-axloqiy va tarbiyaviy-psixologik jihatlari, ma’nan va jismonan barkamol avlodni voyaga yetkazishda oila hamda mahalladagi sog‘lom muhitning ta’siri, ayollar tomonidan sodir etilayotgan huquqbuzarlik va jinoyatchilikning barvaqt oldini olish omillari xususida o‘z mulohazalarini bildirdilar. Shuningdek kursant qizlarga hakamlik sudlarining asosiy vazifalari va afzalliklari, bu turdagi sudlar tomonidan ko‘rilayotgan ishlar, sud-huquq tizimidagi islohotlar jarayonida hakamlik sudlari faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar haqida ma’lumotlar berildi. 

Tadbirning badiiy qismi mushoira va madaniy chiqishlarga boy bo‘ldi. Ona yurtimizni madh etuvchi she’rlar barchaga xushnud kayfiyat ulashdi.   

 

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech