Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Xorijlik mutaxassislar mashg‘ulot o‘tdi

08 Oktyabr 2022, 02:10

861

Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ)ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi tomonidan Ichki ishlar vazirligi akademiyasida seminar-trening tashkil qilindi.

Professor-o‘qituvchilar ishtirok etgan mashg‘ulotda voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning barvaqt oldini olish, ular tomonidan sodir qilingan qilmishlarni tergov qilish, bu borada xalqaro va milliy normalarning o‘ziga xos jihatlari yuzasidan atroflicha fikr almashildi.

Ta’kidlanganidek, mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosatining mustahkam huquqiy asoslari yaratilgan. O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”, “Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”, “Ta’lim to‘g‘risida”, “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”, “Voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi to‘g‘risida”gi qonunlari yosh avlod ta’lim-tarbiyasini to‘g‘ri tashkil etish, jamiyatda sog‘lom turmush tarzini qaror toptirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Seminar-treningda xalqaro mutaxassislar tomonidan yoshlar bilan ishlash tizimida amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar, ayniqsa “oila – mahalla – ta’lim muassasasi” institutining samarali yo‘lga qo‘yilgani e’tirof etildi. Sohadagi qonunchilikni yanada takomillashtirish, voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasida mas’ul organlar hamkorligini kuchaytirish borasida muhohazalar bildirildi.

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

 

 

 

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech