Ichki ishlar organlarida xodimlar va ularning oila a’zolarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashning samarali tizimi yo‘lga qo‘yilgan.
Ana shu maqsadda Ichki ishlar vazirligi akademiyasida komissiya tashkil etilgan bo‘lib, xodimlar bilan yakka tartibda suhbat o‘tkazish orqali muammolarini o‘rganish, ularga ijtimoiy-huquqiy va psixologik yordam ko‘rsatish, xodimlarning oila a’zolari holidan xabar olish, yashash va mehnat sharoitlarini yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda.
Xususan, joriy yilning o‘tgan davri mobaynida 400 nafardan ziyod xodimning oilaviy sharoiti o‘rganilib, zarur ijtimoiy himoya ko‘rsatildi. Bundan tashqari, profilaktik suhbatlar jarayonida xodimlarga bilim va kasbiy ko‘nikmalarni muntazam oshirib borish, xizmat qasamyodi va burchini so‘zsiz bajarish, xizmatdan tashqari paytda jamoat tartibi va odob-axloq qoidalariga qat’iy amal qilish, fuqarolarning huquq va erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilish yuzasidan tavsiyalar berildi.
“Xodimbay” ishlash tizimi asosida amalga oshirilayotgan bunday tadbirlar shaxsiy tarkib o‘rtasida qonuniylik va xizmat intizomini mustahkamlashga, turli korrupsion holatlarning barvaqt oldini olishga xizmat qilmoqda.
IIV Akademiyasi Axborot xizmati