Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Xitoyliklar boy taassurotga ega bo‘lishmoqda

03 Oktyabr 2024, 09:10

64

Avval xabar qilinganidek, ayni kunlarda Xitoy Jamoat xavfsizligi universiteti talabalari IIV akademiyasida ta’lim olmoqda.

Hamkorlik dasturiga binoan, xitoylik yoshlar uchun madaniy-ma’rifiy tadbirlar uyushtirish, ularni mamlakatimizning boy tarixi va turizm salohiyati bilan tanishtirish, o‘zaro tajriba almashinuviga qaratilgan turli tadbirlar tashkil etish rejalashtirilgan.

Kuni kecha yurtimiz mehmonlari poytaxtimizdagi Amir Temur xiyoboni, Temuriylar tarixi davlat muzeyi, G‘alaba bog‘i hamda Hazrati Imom majmuasiga sayohat qildilar. Tadbir chog‘ida yurtimizdan yetishib chiqqan buyuk allomalar, jahon sivilizatsiyasidan joy olgan tarixiy siymolarimiz, ularning boy ilmiy-ma’naviy merosi, xalqimizga xos milliy qadriyat va an’analar haqida ma’lumot berildi.

Bundan tashqari, universitet talabalari Toshkent viloyatiga safar qilib, Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi faoliyati bilan tanishdilar. Tizimga joriy qilingan innovatsion yondashuvlar, sayyohlar uchun yaratilayotgan zamonaviy shart-sharoitlar, ichki ishlar xodimlarining kundalik faoliyati xitoylik yoshlarda katta qiziqish uyg‘otdi.

O‘quv kursi davomida talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishga ham alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu borada akademiya sport majmuasida uyushtirilgan musobaqalarni aytib o‘tish joiz. Mini futbol, voleybol, shaxmat-shashka, stol tennisi bo‘yicha tashkil etilgan bahslar ikki mamlakat yoshlari o‘rtasida do‘stlik rishtalarini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech