Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Xitoylik talabalar ko‘hna Samarqandda

30 Sentyabr 2024, 02:09

121

Tajriba almashish uchun yurtimizga kelgan Xitoy Jamoat xavfsizligi universiteti talabalari Samarqand shahriga sayohat qilishdi.

Ro‘yi zamin sayqali Samarqand hamisha sayyohlar bilan gavjum bo‘lib kelgan. Shaharning qadimiy obidalari, muqaddas qadamjolari xitoylik yoshlarni ham befarq qoldirmadi. Sayohat chog‘ida mehmonlarga yurtimizning turizm salohiyati, boy tarixi va dunyoga mashhur allomalari, buyuk ajdodlarimiz tomonidan bunyod etilgan madaniy yodgorliklar haqida ma’lumot berildi.

– O‘zbekistonning tarixiy shaharlari haqida internet orqali bilardim. Buyuk ipak yo‘li chorrahasida joylashgan Samarqandni tomosha qilish menga katta zavq bag‘ishladi. Registon ansamblida qadim va zamonaviy sivilizatsiyaning tutashganiga guvoh bo‘ldim. Yurtimizga qaytgach, o‘zbek xalqiga xos milliy qadriyatlar, ayniqsa samimiy mehmondo‘stlik haqida albatta so‘zlab beraman, – deydi Shen Si Han 

Shu kuni mehmonlar viloyat Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi xodimlari hamrohligida shaharning diqqatga sazovor joylari va madaniy meros obyektlariga sayohat uyushtirishdi. Boqiy shahar tarovati, hunarmandlarning qo‘l mehnati bilan tayyorlagan osori-atiqalari, dunyoga mashhur qadim Samarqand qog‘ozlari universitet vakillarida katta taasurot qoldirdi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech