“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida poytaxtimizning Mirzo Ulug‘bek tumanidagi Alisher Navoiy nomli mahallada keng ko‘lamli tadbirlar amalga oshirildi.
Mahalla hududini obodonlashtirish, ko‘chat ekish ishlariga mahalla faollari qatori, Ichki ishlar vazirligi akademiyasi kursantlari ham munosib hissa qo‘shishdi.
An’anaga muvofiq, xayrli tadbir xonadon va uylar atrofini ko‘rkamlashtirish, ariq va yo‘laklarni tozalashdan boshlandi. Tevarak-atrofdagi xazonlar yig‘ishtirib olindi, yo‘laklar, bolalar maydonchalari, ariq bo‘ylari tartibga keltirildi.
Shundan so‘ng mahalla faollari boshchiligida hudud bo‘ylab bir necha tup daraxt ko‘chatlari o‘tqazildi. Quvonarlisi, pok niyatlar bilan boshlangan tadbirga keksa-yu yosh birdek faol qatnashdi.
IIV Akademiyasi Axborot xizmati