YXHTning O‘zbekistondagi loyihalar koordinatori ko‘magi bilan IIV Akademiyasi professor-o‘qituvchilari va kursantlari uchun o‘tkazilgan vebinar ma’ruza ayni dolzarb mavzuga bag‘ishlandi.
Statistik ma’lumotiga ko‘ra, dunyoda har yili 500 milliondan ortiq kiber hujumlar uyushtiriladi. Bu har soniyada o‘n nafardan ortiq inson kiber makonda sodir etilgan hujumlar qurboniga aylanadi degani. Shu bois, global axborot maydonidagi tahdidlarga qarshi kurashish masalasi jahon mamlakatlarini tashvishga solmoqda.
On-layn va off-layn rejimda tashkil etilgan mashg‘ulot xorijlik mutaxassislar tomonidan olib borildi. Unda ommalashib borayotgan zararli dasturlarning turlari, ular orqali sodir qilinayotgan kiberhujumlar, virtual olamdagi jinoyatlardan himoyalanish yo‘llari, bu borada xalqaro tajribaning ilg‘or jihatlari batafsil yoritildi. Mashg‘ulot so‘nggida kursantlarini qiziqtirgan savollar bilan mutaxassislarga murojaat qilishdi.
IIV Akademiyasi Axborot xizmati