Bugungi kunda internet giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning onlayn savdosi uchun eng qulay makonga aylanib bormoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Narkotiklarni nazorat qilish milliy markazi tashabbusi bilan IIV akademiyasida o‘tkazilgan trening ayni dolzarb masalaga bag‘ishlandi.
AQSh Adliya vazirligining Narkotiklarga qarshi kurashish boshqarmasi bilan hamkorlikda tashkil qilingan tadbirda ikchi ishlar organlari xodimlari hamda professor-o‘qituvchilar qatnashdi.
Xalqaro ekspertlar tomonidan internetdagi giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning onlayn savdosiga ixtisoslashgan axborot manbalarini aniqlash, bu turdagi faoliyat bilan shug‘ullanuvchi shaxslarni fosh etish, aholi, ayniqsa yoshlarni axborot makonidagi xavf-xatarlardan ogoh etib borishning samarali yo‘llari tushuntirildi. Bu borada xorijiy davlatlar, xususan, AQSh huquq-tartibot organlari tomonidan qo‘llanilayotgan tajribalar yuzasidan fikr almashildi.
Mashg‘ulot yakunida tomonlar mazkur yo‘nalishda hamkorlikni davom ettirishga kelishib oldilar.
IIV akademiyasi Axborot xizmati