Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Xalqaro sertifikatga imtihon bo‘lib o‘tdi

22 Iyun 2023, 04:06

1045

IIV Akademiyasining doktorant va mustaqil izlanuvchilari TOEFL ITP (Test of English as a Foreign Language) xalqaro sertifakatiga ega bo‘lish imtihon topshirdilar.

Davlat test markazi hamda AQShning Educational Testing Service (ETS) tashkiloti bilan hamkorlikda tashkil etilgan tadbirda 18 nafar talabgor qatnashdi. Imtihon jarayonlari onlayn tarzda, xalqaro tashkilotning O‘zbekistondagi koordinatorlari ishtirokida, belgilangan talab va me’yorlar asosida o‘tkazildi.

Aytish joizki, TOEFL ITP imtihonlari xalqaro miqyosda tan olingan bo‘lib, undan muvaffaqiyatli o‘tganlarga Educational Testing Service tashkilotining sertifikati beriladi. Mazkur test sinovining o‘ziga xos jihati shundaki, talabgor test sinovi yakunlanishi bilan o‘z natijasini bilib oladi.

Respublika Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 23-martdagi buyrug‘iga binoan, TOEFL ITP oliy ta’lim muassasalarining magistratura mutaxassisliklari hamda oliy ta’limdan keyingi ta’lim ixtisosliklariga hujjat topshirishda talab etiladigan xorijiy tillarni bilish darajasini baholovchi sertifikatlar ro‘yxatiga kiritilgan.

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

 

 

 

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech