Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Xalqaro seminar-trening

23 Noyabr 2024, 06:11

209

Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YXHT)ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi tashabbusi bilan Ichki ishlar vazirligi akademiyasida seminar-trening o‘tkazildi.

“Tezkor ma’lumotlar asosida politsiya faoliyatini tashkil etish” mavzuida ixtisoslik kafedrasi professor-o‘qituvchilari va magistratura tinglovlari uchun tashkil etilgan seminar-trening xalqaro ekspert Reyt Pikaro tomonidan olib borildi.

Ikki kun davomida ishtirokchilar jinoyatchilikka qarshi kurashishda tezkor ma’lumotlardan foydalanish, zamonaviy axborot tizimlari va manbalari bilan ishlash, jinoyatchilik dinamikasini prognoz va tahlil qilish, huquq-tartibot organlarining kurashuvchanligini oshirish yuzasidan malaka oshirdilar.

Seminar-trening yakunlari bo‘yicha o‘tkazilgan tadbirda YXHTning O‘zbekistondagi loyihalari koordinatori Antti Karttunen va akademiya boshlig‘i Rustam Xatamov ishtirok etdi.

Akademiya rahbari o‘zaro hamkorlik doirasida o‘tkazilayotgan mashg‘ulotlar ahamiyatini yuqori baholab, global transformatsiyalar jarayonida zamonaviy tahdidlar va jinoyatchilikning yangi ko‘rinishlari paydo bo‘layotgani, huquqni qo‘llash amaliyotidagi ilg‘or tajribalarni o‘rganish, ta’lim integratsiyasini kuchaytirish muhimligini ta’kidladi.

Muloqot chog‘ida tomonlar istiqbolli loyihalar asosida dolzarb mavzularga qaratilgan mashg‘ulotlar tashkil etish va hamkorlik ko‘lamini kengaytirishga kelishib oldilar.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech