Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Xalqaro ilmiy-amaliy forum

28 Sentyabr 2023, 08:09

1039

IIV Akademiyasida “Huquqni muhofaza qilish faoliyatida fan, ta’lim va amaliyotning innovatsion hamkorligi: zamonaviy tendensiyalar” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy forum boshlandi.

Anjumanda Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi milliy markazi, Fan, ta’lim va innovatsion rivojlanish vazirligi, shuningdek mamlakatimiz va xorijning qator oliy ta’lim muassasalari vakillari, huquqshunos olim, ekspert va mutaxassislar ishtirok etmoqda.   

Forum ochilishida IIV Akademiyasi boshlig‘ining ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha o‘rinbosari R. Nigmatov, Rossiya Federatsiyasi IIV Boshqaruv akademiyasi boshlig‘i S. Sinenko, Qozog‘iston Respublikasi IIV Olmaota akademiyasi boshlig‘i A. Saitbekov, Turkiya Respublikasi Jandarmeriya va sohil xavfsizligi akademiyasi boshlig‘i Sh. Uslu chiqish qildilar.

Xalqaro forum yalpi majlisida “Yangi O‘zbekiston: yuridik fanlar, ta’lim va amaliyotning vazifalari”, “Yuridik kadrlar tayyorlashda akademik, oliy ta’lim va amaliyotning o‘zaro munosabat tendensiyalari”, “Huquqni muhofaza qilish organlarida kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini oshirish va ilmiy faoliyat tizimini takomillashtirish masalalari”, “Jazoni ijro etuvchi muassasalar va organlar faoliyatini ilmiy ta’minlash”, “O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasining fan, innovatsiyalar va ta’lim sohasidagi xalqaro hamkorligi: holati va yangi imkoniyatlar” mavzuidagi ma’ruzalar tinglandi.

Kunning ikkinchi yarmida forum ishi “Huquqiy fan, ta’lim va amaliyot: o‘zaro munosabatlar” mavzuida tashkil etilgan muhokamalar bilan davom ettirildi. O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti, IIV Akademiyasi, Rossiya Federatsyasi Tergov qo‘mitasi Sankt-Peterburg akademiyasi, Federal jazoni ijro etish xizmati akademiyasi vakillari so‘z olib, ilm-fan, ta’lim va amaliyot hamkorligini ta’minlashning dolzarb muammo hamda yechimlariga qaratilgan fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashdilar.

Eslatib o‘tamiz, 30-sentyabrga qadar bo‘lib o‘tadigan xalqaro forum doirasida davra suhbatlari, seminar va muhokamalar tashkil etilishi rejalashtirilgan.

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech