4–7-mart kunlari Ichki ishlar vazirligi akademiyasida BMTning Global aksilterror strategiyasi doirasida trening bo‘lib o‘tdi.
Tadbir nufuzli tashkilotning Terrorizmga qarshi kurashish boshqarmasi va Markaziy Osiyo uchun preventiv diplomatiya bo‘yicha mintaqaviy markazi, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti, Davlat xavfsizlik xizmati hamkorligida tashkil qilindi.
Trening terrorchilik maqsadlarida yangi texnologiyalardan foydalanishga qarshi kurashish sohasida yuzaga kelayotgan tahdidlarni baholash, bu borada milliy chora-tadbirlar va tegishli tavsiyalar ishlab chiqishga qaratildi.
Xalqaro ekspertlar, mamlakatimiz sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlari vakillari hamda soha mutaxassislari ishtirok etgan, dolzarb ma’ruzalar tinglangan tadbir terrorizmga qarshi kurash bo‘yicha milliy va xalqaro sa’y-harakatlarni birlashtirish, eng yaxshi amaliyotlarni amalga oshirish, mazkur yo‘nalishda samarali o‘zaro tajriba almashishga xizmat qildi.
IIV akademiyasi Axborot xizmati