Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Voleybol musobaqasi: g‘oliblar aniq

11 Noyabr 2023, 06:11

691

Ichki ishlar organlarida “Jismoniy va jangovar tayyorgarlik oyligi” munosabati bilan IIV Akademiyasida voleybol musobaqasi o‘tkazildi.

Musobaqa sportning ushbu turini ommalashtirish, terma jamoa uchun munosib nomzodlarni saralash, ularni kelgusi musobaqalarga tayyorlash maqsadida tashkil etildi.

Ikki kun davom etgan bellashuvlarda professor-o‘qituvchilar, shahodatlangan xodimlar va magistratura tinglovchilaridan iborat 8 ta jamoa ishtirok etdi. Bahslar shiddatli kurashlarga boy o‘tdi.

Musobaqa yakunida bo‘lim-xizmatlar jamoasi 1-o‘rinni, O‘quv-uslubiy boshqarma va noixtisoslik kafedralari jamoasi 2-o‘rinni, Tergov-kriminalistika faoliyati fakulteti jamoasi 3-o‘rinni egalladi.

Oylik doirasida musobaqalar davom etmoqda.

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech