Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Vazir o‘rinbosari mashg‘ulot o‘tdi

26 Dekabr 2023, 09:12

713

IIV Akademiyasi magistraturasida ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Yahyojon Abdulhaqov ishtirokida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Muloqotda so‘nggi yillarda amalga oshirilgan izchil islohotlar barcha sohalar qatori, tergov faoliyatida ham “Inson qadri uchun” degan ezgu g‘oyani ro‘yobga chiqarishga xizmat qilayotgani e’tirof etildi. 

Vazir o‘rinbosari tizimni takomillashtirishga qaratilgan keng qamrovli chora-tadbirlarga to‘xtalib, tinglovchilarga zarur tavsiyalar berdi. Jinoyatlarni o‘z vaqtida fosh etish, har tomonlama, to‘la va xolisona tergov qilish, javobgarlikning muqarrarligi prinsipini so‘zsiz amalga oshirish qonun ustuvorligining muhim sharti ekanligi ta’kilandi.

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech