Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Vazir o‘rinbosari bilan muloqot

03 Iyun 2023, 05:06

954

Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari – Tergov departamenti boshlig‘i, polkovnik Yahyo Abdulhakov Akademiya kunduzgi ta’limining “tergov faoliyati” yo‘nalishini tamomlayotgan kursantlar bilan muloqot qildi.

Davra suhbatida mamlakatimiz sud-huquq tizimidagi izchil islohotlar haqida so‘z bordi. Vazir o‘rinbosari shaxs huquq va erkinliklarini himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish maqsadida tizimli ishlar amalga oshirilayotganini ta’kidlab, davlatimiz rahbarining “Ishni sudga qadar yuritishda yagona idoralararo elektron hamkorlik tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori talablariga to‘xtaldi.

Uning qayd etishicha, ishni sudga qadar yuritish bosqichida raqamli texnologiyalardan yetarli darajada foydalanilmaslik oqibatida ayrim holatlar yuzaga kelayotgan edi. Yuqoridagi qaror bilan bu masala o‘z yechimini topdi. Ish yuritishning elektron shaklga o‘tishi jinoyatlarni tez va to‘liq fosh etishga, ish bo‘yicha muhim bo‘lgan ma’lumotlarni o‘z vaqtida olishga hamda protsessual muddatlar buzilishining oldini olishga xizmat qiladi.

Ochiq muloqotda kursantlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi. Tergov departamenti tomonidan o‘quv yilini a’lo baholarga tamomlayotgan bir guruh yoshlar rag‘batlantirildi.

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

 

 

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech