Yurtimizda Vatan himoyachilari kuni ko‘tarinki kayfiyatda nishonlanmoqda.
Ichki ishlar vazirligi akademiyasi tashabbusi bilan poytaxtimizning Mirzo Ulug‘bek tumanida vatanparvarlik marshi uyushtirildi.
Ta’lim maskanining asosiy kirish yo‘lagidan boshlangan tadbir “Intizor” ko‘chasi bo‘ylab “Katta Qorasuv” mahallasigacha davom etdi. Orkestr ijrosidagi tantanavor kuylar, ofitser va kursantlarning jangovar safda yurishi poytaxtimiz ahli va mehmonlari tomonidan katta qiziqish bilan olqishlandi.
Tadbir ona yurtimiz tinchligi, xalqimizning osuda hayoti va farovonligini ta’minlashni maqsad qilgan yoshlarni yangi marralar sari ruhlantirdi.
IIV Akademiyasi Axborot xizmati