Xotira va qadrlash bayrami munosabati bilan IIV akademiyasida “Ochiq eshiklar kuni” va harbiy-sport musobaqalari o‘tkazildi.
Yoshlarning Vatan oldidagi burch va mas’uliyatini oshirish, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida o‘tkazilgan tadbirda poytaxtimizdagi 121, 208, 322-son o‘rta ta’lim maktablari hamda IIVning 1-son akademik litseyi o‘quvchilari ishtirok etdi.
Dastlab o‘quvchilar akademiya hayoti bilan tanishdilar. Shundan so‘ng granata uloqtirish, merganlik, qurolni qismlarga ajratish, to‘siqlar oralab yugurish, arqon tortish, armrestling, shaxmat-shashka, stol tennisi bo‘yicha musobaqa uyushtirildi.
Qiziqarli va kurashlarga boy o‘tgan bellashuvlar yakunida O‘ktamxo‘ja Solijonov, Shamshod Mamazaripov, Xumoyun Aloxo‘jayev, Sergey Makarov, Shodiya Nosirova, Firdavs Hamroqulov, Samandar Mirzaraimov va boshqalar g‘oliblikni qo‘lga kiritib, diplom hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.
IIV akademiyasi Axborot xizmati