Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Vatanparvar yoshlar bellashuvi

23 Avgust 2023, 10:08

672

Zamonaviy bilimlarni puxta egallagan, dunyoqarashi keng, jangovar va jismoniy jihatdan chiniqqan, vatanparvar, mard va jasur yoshlar mamtakatimizning qudratli tayanchidir.

IIV O‘quv-dala markazida o‘tkazilgan bellashuv ichki ishlar organi xodimi bo‘lishni maqsad qilgan kursantlarning harbiy xizmat tayyorgarligi fanidan egallagan amaliy ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazdi. Bellashuv “AKM” qurolini qismlarga ajratish va yig‘ish”, “avtomat o‘qdonini ko‘zning ochiq va boylangan holatida o‘qlash”, “jangovar quroldan nishonga o‘q otish” shartlaridan iborat bo‘ldi.

Harbiy tayyorgarlik kafedrasi o‘qituvchilari tomonidan kursantlarning ishtiroki baholab borildi. Unga ko‘ra, “Kalashnikov” avtomatini qismlarga ajratish va yig‘ishda 110-guruh kursanti Azizbek Islomov birinchi o‘rinni egallagan bo‘lsa, o‘qdonni o‘qlash bahsida 113-guruh kursanti Xurshidbek Fozilov eng yaxshi natijani qayd etdi. Ushbu shartni ko‘zi boylangan holda bajarish har bir ishtirokchidan yuqori uquv va tayyorgarlikni talab etishi, tabiiy. Bu jabhaja tengdoshlarini ortda qoldirgan 136-guruh kursanti Shohijahon Baxtiyorov vazifani a’lo darajada uddaladi. Nihoyat, so‘nggi bahsda 101-guruh kursanti Asadbek Bafoyev eng ko‘p ochko jamhargan holda “nishonga o‘q otish” sharti g‘olibi bo‘ldi.

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

 

 

 

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech