Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Vatanga xizmat – oliy sharaf!

07 Oktyabr 2023, 08:10

917

Xizmat vaqtida halok bo‘lgan, el-yurt tinchligi yo‘lida qahramonlik ko‘rsatgan ichki ishlar organi xodimlarining jasorati yosh avlod uchun ibratdir.

IIV Akademiyasida marhum xodimlarning oila a’zolari va kunduzgi ta’lim kursantlari o‘rtasida o‘tkazilgan uchrashuv ana shu maqsadda tashkil qilindi.

Vazirlik Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasining ta’lim muassasalari bo‘yicha bo‘limi boshlig‘i, podpolkovnik O‘tkirbek Qosimov so‘z olib, kursantlarda kasbga e’tiqod va sadoqat tuyg‘ularini mustahkamlash, ona Vatan uchun xizmat qilish sharafli burch ekanini anglatish, mardlik ko‘rsatib halok bo‘lgan zamondoshlarimizning ibratli hayotini keng targ‘ib etish tadbirning asosiy maqsadi ekanligini ta’kidladi.

Shundan so‘ng “Mard o‘g‘lonlar nomi barhayot” filmi namoyish qilindi. Xizmat burchini bajarish chog‘ida halok bo‘lganlar xotirasiga bag‘ishlab tayyorlangan film yig‘ilganlar, ayniqsa marhum otalarining sharafli yo‘lini davom ettirayotgan Akademiya kursantlari qalbida matonat, mardlik, burchga sadoqat singari tuyg‘ularni uyg‘otdi.

IIV Akademiyasi Axborot xizmati 

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech