Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

“Vatanga qasamyod” monumentiga gul qo‘yildi

14 Yanvar 2022, 09:01

1965

Poytaxtimizdagi “Vatanga qasamyod” monumenti joy olgan maydon bugun har qachongidan gavjum bo‘ldi.

Oliy harbiy ta’lim muassasalari qatori, Ichki ishlar vazirligi akademiyasi kursantlari ham monument poyiga gul qo‘yishdi. 

– Ushbu maskan yurtdoshlarimiz uchun qutlug‘ qadamjoga aylangan, – deydi IIV Akademiyasi O‘quv-saf qismi ofitseri, podpolkovnik Murod Sodiqov. – Jonajon yurtimizni himoya qilish O‘zbekistonimizda yashayotgan har bir insonning eng sharafli vazifasidir. Maskanga kelgan yoshlar, eng avvalo, Vatanga sadoqat, mardlik, jasorat, buyuk ajdodlarimizga hurmat va ehtirom tuyg‘ularini his etadilar. Shu ma’noda, yosh avlod kamolotida “Vatanga qasamyod” monumentining ma’naviy-tarbiyaviy ahamiyati beqiyos.

Keng jamoatchilik vakillari, harbiylashtirilgan o‘quv maskanlari o‘quvchi yoshlari ishtirok etgan tadbir davomida kursantlar Qurolli Kuchlar muzeyini tomosha qilishdi.

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech