Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Vatan himoyasi – oliy saodat

13 Yanvar 2022, 10:01

1459

IIV Akademiyasida o‘tkazilgan “Uch avlod uchrashuvi” ma’naviy-ma’rifiy tadbiri Qurolli Kuchlarimiz tashkil etilganining 30 yilligiga bag‘ishlandi.

Tadbirda tizim faxriylari, iste’fodagi polkovniklar Davlat Yusubov, Anvar Devyatov, Abdug‘affor Ortiqov va Tohir Soatovlar ishtirok etishdi.

Mehmonlar tinchlik va osoyishtalik yo‘lida xizmat qilishning ahamiyati xususida to‘xtaldilar. Qurolli Kuchlar tizimida amalga oshirilayotgan xalqimizning farovon hayotini ta’minlash barobarida, mamlakatimizda tinchlik va barqarorlikni mustahkamlashning mustahkam kafolati bo‘layotgani ta’kidlandi.

Kursant yoshlar faxriy ustozlarining ibratli hayoti misolida Vatan himoyasi eng muqaddas burch va sharafli vazifa ekanligini, tinchlikdan ulug‘ ne’mat bo‘lmasligi, xalqimiz manfaatlariga xizmat qilish insonga ulkan faxr va iftixor bag‘ishlashini yana bir karra angladilar.

Shu kuni tadbir mehmonlariga Akademiyaning 25 yilligi munosabati bilan chop etilgan risolalar taqdim qilindi.

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

 

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech