Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Vatan himoyasi – muqaddas va sharafli vazifa

14 Yanvar 2023, 06:01

760

Mamlakatimiz mudofaa salohiyatini yanada mustahkamlash va Qurolli Kuchlarimiz qudratini oshirish Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasining ustuvor yo‘nalishlaridan biri etib belgilangan. Bu borada amalga oshirilayotgan kompleks chora-tadbirlar, birinchi navbatda, xalqimiz xavfsizligi, tinchligi va osoyishtaligini ta’minlashga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.

IIV Akademiyasida Qurolli Kuchlarimiz tashkil etilganining o‘ttiz bir yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda ta’lim muassasasi rahbariyati, ichki ishlar organi faxriylari, professor-o‘qituvchilar, safdor va serjant hamda ofitserlar tarkibi xodimlari ishtirok etdi.

Tadbir avvalida Akademiya boshlig‘i, polkovnik Rustam Xatamov yig‘ilganlarni muborakbod etib, davlatimiz rahbarining Vatan himoyachilariga yo‘llagan bayram tabrigini o‘qib eshittirdi. Unda qayd etilganidek, so‘nggi yillarda olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar natijasida milliy armiyamizning qiyofasi va salohiyati tubdan o‘zgardi. O‘zbekiston Qurolli Kuchlari mamlakatimiz xavfsizligi va barqarorligini, sarhadlarimiz daxlsizligini ta’minlashga qodir bo‘lgan, harakatchan va puxta qurollangan qudratli kuchga aylandi.

– Bayram tabrigida davlatimiz rahbari harbiy-jangovar salohiyat va yuksak ma’naviy salohiyat O‘zbekiston Qurolli Kuchlarining ikki buyuk tayanchiga aylanishi zarur, deya alohida ta’kidlab o‘tdilar. Shu bois, ta’lim sifati va samaradorligini yanada oshirish, tinglovchi-kursantlarning professional darajasi, intellektual salohiyati va harbiy-vatanparvarlik tuyg‘ularini yuksaltirish, bir so‘z bilan aytganda, Vatan va xalq manfaatlarini shaxsiy manfaatlardan ustun qo‘yadigan, qonunlarga qat’iy bo‘ysunuvchi, kasbiga sadoqatli kadrlarni tayyorlash bundan keyin ham faoliyatimizning ustuvor yo‘nalishlari bo‘lib qoladi, – dedi o‘quv dargohi rahbari.

Tadbirda ona Vatanimiz tinchligi va el-yurt osoyishtaligi yo‘lida ko‘p yillik fidokorona xizmatlari, o‘z xizmat burchini bajarish chog‘ida ko‘rsatgan mardlik va jasorati, kadrlar tayyorlash va yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qo‘shgan munosib hissasi uchun bir guruh xodimlar Ichki ishlar vazirligining idoraviy mukofotlari, maxsus unvon hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Akademiya boshlig‘i mukofotlarni tantanali ravishda o‘z egalariga topshirdi.

Badiiy havaskorlik jamoalarining yurtimizni madh etuvchi chiqishlari yig‘ilganlarga bayramona kayfiyat bag‘ishladi.

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

 

 

 

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech