Xalqaro muzeylar kuni munosabati bilan Ichki ishlar vazirligi akademiyasida “Ochiq eshiklar kuni” tashkil qilindi.
Tadbir Ichki ishlar vazirligining poytaxtimiz va Toshkent viloyatidagi akademik litseylari, Ixtisoslashtirilgan maktab-internati va Akademiya otaliqqa olgan 121-sonli umumta’lim maktabi bilan birgalikda o‘tkazildi.
Dastlab o‘quvchilarga ta’lim maskani tarixi, eksponatlarga boy muzey faoliyati, “Vatanparvarlik burchagi” haqida ma’lumotlar berildi. Shundan so‘ng Akademiya hayotidan hikoya qiluvchi videorolik namoyish qilindi. Tadbir davomida yoshlar ichki ishlar organlari tizimidagi islohotlar, soha uchun professional kadrlar tayyorlash, zamonaviy ta’lim jarayonlari haqida yorqin taassurotga ega bo‘lishdi.
IIV Akademiyasi Axborot xizmati