Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

USTUVOR VAZIFALAR MUHOKAMA QILINDI

25 Iyul 2024, 06:07

483

Ichki ishlar vazirligi akademiyasi huzuridagi O‘quv-metodik kengashning birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Onlayn formatda o‘tkazilgan yig‘ilishda kengashga a’zo sifatida qabul qilingan xorijiy turdosh oliy ta’lim muassasalari rahbarlari ishtirok etdi.

Yig‘ilishni akademiya boshlig‘i Rustam Xatamov kirish so‘zi bilan ochib, hozirgi globallashuv sharoitida xalqaro hamkorlik aloqalarini rivojlantirishning dolzarb ahamiyati, huquqni muhofaza qiluvchi organlar uchun malakali kadrlar tayyorlash borasida amalga oshirilayotgan keng qavromli islohotlar, akademiyada yo‘lga qo‘yilgan xorijiy davlatlar ichki ishlar organlari (politsiya) kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimining asosiy yo‘nalishlari haqida to‘xtalib o‘tdi.

Ishchan ruhda o‘tgan yig‘ilishda kengashning 2024/2025 o‘quv yiliga mo‘ljallangan ish rejasi, hamkorlikda dolzarb yo‘nalishlarga bag‘ishlangan mahorat darslari va seminar treninglar tashkil etish, kengash qoshida yangi xalqaro ilmiy-metodik jurnal ta’sis etish, o‘quv va o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar tayyorlash kabi masalalar atroflicha muhokama qilindi.

Kun tartibidagi masalalar yuzasidan akademiya boshlig‘i o‘rinbosari Ruftullo Nigmatov va fakultet boshlig‘i Olimjon Matchаnovning axboroti tinglandi. Shuningdek, Turkiya politsiya akademiyasi, Belarus Respublikasi IIV akademiyasi, Tojikiston Respublikasi IIV akademiyasi hamda Qozog‘iston Respublikasi IIV Olmaota akademiyasi vakillarining taklif va mulohazalari tinglandi.

Yig‘ilish yakunida akademiya boshlig‘i kengash faoliyatining ustuvor jihatlariga to‘xtalib, hamkorlikda amalga oshiriladigan chora-tadbirlar kadrlar tayyorlash sifati va samaradorligini oshirishga, ta’lim jarayoniga ilg‘or yondashuvlarni keng tatbiq etishga, ilm-fanning xalqaro miqyosda integratsiyalashuviga xizmat qilishini ta’kidladi.

Shuningdek ishtirokchilar muhokama qilingan masalalar yuzasidan qabul qilingan qarorlarni ijroga qaratishga kelishib oldilar.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech