Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

USTUVOR VAZIFALAR BELGILAB OLINDI

08 Sentyabr 2022, 03:09

932

Ichki ishlar vazirligi akademiyasida faoliyatning bir yillik sarhisobiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishni ta’lim muassasasi boshlig‘i, polkovnik Rustam Xatamov olib bordi.

Yig‘ilish avvalida davlatimiz rahbari raisligida o‘tkazilgan Ichki ishlar vazirligi hay’atining kengaytirilgan yig‘ilishi hamda “Ichki ishlar organlari uchun professional kadrlarni tayyorlashning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida belgilab berilgan vazifalar ijrosi yuzasidan axborot berildi.

Qayd etilganidek, o‘tgan davr mobaynida ichki ishlar organlari uchun kadrlar tayyorlash jarayoni tubdan takomillashtirildi. O‘quv dargohida jahon standartlariga to‘la javob beradigan ikki bosqichli oliy ta’lim tizimi yo‘lga qo‘yilib, o‘qitishning mutlaqo yangi mexanizmlari joriy qilindi. Xususan, nazariyani amaliyot bilan uzviy bog‘lash, kursantlarning kasbiy va jangovar-jismoniy ko‘nikmalarini bosqichma-bosqich shakllantirib borish, ta’lim jarayoniga xorij tajribasining ilg‘or jihatlarini samarali tatbiq etish, ilmiy salohiyatni yuksaltirish, shuningdek respublikamizning kriminogen vaziyati murakkab hududlarida jinoyatchilikni “ilmiy diagnoz” asosida o‘rganish orqali hududiy ichki ishlar organlari bilan hamkorlikni kuchaytirishga alohida e’tibor qaratildi.

Akademiya boshlig‘i dolzarb vazifalar ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar, ayniqsa ijobiy o‘sish sur’atlarini alohida e’tirof etdi. Ta’lim-tarbiya, ilmiy-tadqiqot hamda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish borasida Akademiya shaxsiy tarkibi oldida turgan ustuvor vazifalarni belgilab berdi. Shundan so‘ng mustaqilligimizning o‘ttiz bir yilligi munosabati bilan Prezidentimiz farmoni hamda ichki ishlar vazirining buyrug‘i bilan mukofotlangan bir guruh xodimlarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

– Inson sha’ni, qadr-qimmati ulug‘langan jamiyatda yashayapmiz, – dedi Tergov faoliyati kafedrasi boshlig‘i, “Shuhrat” medali sohibi Baxtiyorjon Murodov. – Muhtaram Prezidentimizning farmonlari bilan yuksak mukofotga sazovor bo‘lganim qalbimga cheksiz faxr-iftixor bag‘ishladi. Ichki ishlar organlaridagi kamtarona mehnatlarim e’tirofini ahil jamoamizga bildirilgan ulkan ishonch, deb bilaman.

Akademiya boshlig‘i soha xodimlarining yosh avlodni ona Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash yo‘lidagi samarali mehnatlarini alohida e’tirof etib, mukofotlarni o‘z egalariga tantanali ravishda topshirdi.

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

 

 

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech