Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

USTOZLARGA YuKSAK EHTIROM

01 Oktyabr 2022, 07:10

1033

1-oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan Ichki ishlar vazirligi akademiyasida bayram tantanasi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda o‘quv dargohi rahbari, polkovnik Rustam Xatamov soha fidoyilarining sharafli mehnatlarini e’tirof etdi.

Darhaqiqat, dunyodagi kasblar orasida eng ulug‘i va sharaflisi o‘qituvchilikdir. Insonning dunyoga kelib ulg‘ayishida, avvalo, ota-onasi sababchi bo‘lsa, mashaqqatli hayotda to‘g‘ri yo‘l topishida ustoz-murabbiylarning mehnati beqiyos. Shu bois, barchamiz ustoz va murabbiylarimizga suyanamiz, ulardan ma’naviy-ruhiy qudrat olamiz.

– Bugungi kunda ilm-fan va ta’lim inson kapitalini rivojlantirishning hal qiluvchi tayanchiga aylandi. So‘nggi yillarda mamlakatimizda ham ilm-fan va innovatsiya sohalarini rivojlantirishga qaratilgan tub islohotlar amalga oshirildi. Bundan ko‘zlangan maqsad Uchinchi Renessans poydevorini yaratish, mamlakatimiz va xalqimiz farovonligini ta’minlashdir. Pedagogik jamoamiz oldida ta’lim sifati va samaradorligini yanada oshirish, soha uchun raqobatbardosh kadrlar tayyorlash, Akademiyamizning xalqaro reytingi va nufuzini yangi bosqichga olib chiqish kabi ustuvor vazifalar turibdi. Buning uchun professor-o‘qituvchilarimiz o‘z ustida tinimsiz ishlashi, doimo izlanib yashashi, eng muhimi, chinakam vatanparvar inson bo‘lishi zarur, – dedi Akademiya boshlig‘i.

Bayram tadbirida samarali faoliyati bilan yoshlarni ona Vatanga muhabbat, xizmat burchiga sadoqat ruhida tarbiyalashda munosib hissa qo‘shayotgan professor-o‘qituvchilarga Ichki ishlar vazirligining idoraviy mukofotlari hamda maxsus unvonlari tantanali ravishda topshirildi.

Shuningdek Akademiya boshlig‘ining buyrug‘i bilan zamonaviy innovatsion ta’lim yutuqlarini ommalashtirib kelayotgan bir guruh xodimlar faxriy yorliq hamda pul mukofotlari bilan taqdirlandi.

Tadbir taniqli san’at ustalari va Akademiya badiiy havaskorlik jamoalarining konsert dasturi bilan davom etdi.

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

 

 

 

 

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech