Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Ular ibrat va tajriba maktabi

12 Oktyabr 2024, 05:10

89

“Keksalar haftaligi” munosabati bilan Ichki ishlar vazirligi akademiyasida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazildi.

Ma’naviyat va ma’rifat markazi mezbonlik qilgan “Uch avlod uchrashuvi”ga ichki ishlar organlarida ko‘p yillik samarali xizmati bilan hurmat-e’tibor qozongan faxriylar taklif qilindi. Tadbirda soha fidoyilarining hayotiy o‘gitlari, halol va mashaqqatli mehnat ortidan erishgan yutuqlari tinglandi. Faxriylar tinchlikni qadrlash, Vatanni sevish, burchga sadoqatli bo‘lish, qiyinchiliklarni bardosh bilan yengish, oila va ota-onani e’zozlash, elu yurtga halol va vijdonan xizmat qilish haqida mulohaza yuritib, kursant yoshlarga qimmatli maslahat berdilar. 

Shuningdek, akademiya Faxriylar kengashi tashabbusi bilan bir guruh professor-o‘qituvchilar va iste’fodagi ofitserlar uchun poytaxtimizdagi G‘alaba bog‘iga sayohat uyushtirildi. Tadbir katta avlod vakillariga ehtirom ko‘rsatish, ularning jamiyatdagi o‘rni va ijtimoiy faolligini oshirish maqsadida tashkil etildi. Shu kuni faxriylar majmuadan o‘rin olgan muzey va monumentlarni miriqib tomosha qilib, dildan suhbat qurishdi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech