Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Ular ibrat maktabi, xonadonimiz fayzi

08 May 2023, 06:05

1000

Hozirda IIV Akademiyasi Faxriylar kengashining to‘rt yuz nafarga yaqin a’zosi bor. Tizimda ko‘p yillar mehnat qilgan faxriylar davlatimiz tomonidan ko‘rsatilayotgan yuksak e’tibor va g‘amxo‘rlikdan hamisha mamnun.

Xotira va qadrlash bayrami arafasida Akademiya rahbariyati tashabbusi bilan yana bir xayrli tadbir tashkil qilindi. Faxriylar kengashi raisi Davlat Yusubov boshchiligidagi bir guruh xodimlar joylarga chiqib, tizim fidoyilari holidan xabar olishdi.

Uchrashuv maroqli suhbat va tassurotlarga boy o‘tdi. Keksalarning umr yo‘li, ibratli faoliyati, yurtimiz tinchligi va osoyishtaligini ta’minlash, ayniqsa yosh avlodni tarbiyalashga qo‘shgan munosib hissasi e’tirof etildi. Bayram munosabati bilan ularga oziq-ovqat mahsulotlari, zarur dori-darmon vositalari topshirildi.

– Kutilmagan yo‘qlovdan behad xursand bo‘ldim, – deydi IIV Markaziy gospitalida davolanayotgan iste’fodagi podpolkovnik Polvonnazar Berdiyev. – Yurtimizda inson qadri har jihatdan yuksalib borayotganiga guvoh bo‘lib turibmiz. Davlatimiz tomonidan barcha qamlam vakillariga alohida g‘amxo‘rlik ko‘rsatilmoqda. Xayrli ishga bosh qo‘shgan Akademiya rahbariyatiga, qadrdon shogirdlarimga minnatdorlik bildiraman.  

Shuningdek, ta’lim muassasasi vakillari xizmat paytida halok bo‘lgan Hasanboy Madrimov, Ahmadjon Otamurodov, Mahmud Karimovlarning oila a’zolarini ham yo‘qlab, mehr-muruvvat ulashdilar. Bu kabi tadbirlar barchaga bayramona ko‘tarinki kayfiyat ulashmoqda.

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

 

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech