Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Uch avlod uchrashuvi

13 Yanvar 2024, 08:01

635

Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Ichki ishlar vazirligi akademiyasida keksa va yosh avlod vakillari uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Unda mudofaa va ichki ishlar tizimi faxriylari, professor-o‘qituvchilar, Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurti hamda akademiya kursantlari ishtirok etdi.

So‘zga chiqqanlar mustaqillik yillari sohada amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlarni e’tirof etib o‘tishdi. Ayniqsa so‘nggi yillarda O‘zbekiston Qurolli Kuchlari mamlakatimiz xavfsizligi va barqarorligini, sarhadlarimiz daxlsizligini ta’minlashga qodir, harakatchan va puxta qurollangan milliy armiyaga aylangani ta’kidlandi.

Tadbir davomida kursantlar ustozlarning purma’no o‘git va maslahatlarini tinglashdi. Vatan himoyachisi bo‘lish sharafi va mas’uliyati, fidoyilik, yurtga daxldorlik singari fazilatlarning inson hayotidagi o‘rni, kasb mashaqqati va faxriylarning xizmat yo‘llari haqida bildirilgan fikrlar yoshlarda katta taassurot qoldirdi.

IIV akademiyasi axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech