Oçiqlik, tezkorlik va xolislik
Öz Ўзб Рус En

Yangiliklar

“Uç avlod uçraşuvi” – tajriba va maqsadlar çorrahasi

14 Avgust 2025, 21:38

1263

Yurt kelajagi uçun sobit qadam böliş, uni asrab-avaylaş va yanada yuksaltiriş har bir avlodning muqaddas burçidir. Bu yölda yoşlar qalbida vatanparvarlik tuyğusini mustahkamlaş, ularga milliy qadriyat va an’analarni, şonli tariximizni çuqur anglaşni örgatiş beqiyos ahamiyatga ega.

Ana şunday ezgu maqsadlarni közlab, maxsus kasbiy tanlov va yakka tartibdagi yakuniy suhbatdan muvaffaqiyatli ötib, akademiya kursanti degan şarafli nomga sazovor bölgan yoş iştirokida IIV Öquv-dala markazida “Uç avlod uçraşuvi” bölib ötdi.

Tadbirda IIV akademiyasi rahbariyati, Magistratura Boşqaruv fanlari kafedrasi katta öqituvçisi, iste’fodagi general-mayor Tohir Mullajonov, saf qismi ofitserlari qatnaşdilar. Uçraşuv samimiyat, özaro hurmat va hayotiy maslahatlar ruhida keçdi.

Soha fidoyisi bugungi kunda Prezidentimiz tomonidan olib borilayotgan yoşlarga oid siyosat, keng imkoniyatlar va içki işlar organlarida amalga oşirilayotgan izçil islohotlar haqida söz yuritdi. Uşbu islohotlar tufayli yoş kadrlar uçun zamonaviy ta’lim dasturlari, malaka oşiriş imkoniyatlari, xizmat şaroitlarini yaxşilaş hamda ma’naviy qöllab-quvvatlaş tizimlari yanada mustahkamlanayotgani ta’kidlandi.

Suhbat jarayonida “ustoz-şogird” an’anasining ahamiyati, izlaniş va öz ustida işlaşning zarurligi haqida ham söz bordi. Yurt xizmatiga bel boğlagan har bir yoş bilimli, jasoratli va halol bölişi muhimligi  haqida fikrlar bildirildi.

Tadbir söngida kursantlar özlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar, yangi orzu va maqsadlar bilan ruhlandilar. “Uç avlod uçraşuvi” nafaqat tajriba almaşiş maydoni, balki qalblarni yagona maqsad — Vatan ravnaqi yölida birlaştirgan samimiy muloqot bölib qoldi.

 

IIV akademiyasi Axborot xizmati

 

Çop etiş
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech