Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Uch avlod uchrashuvi

12 Dekabr 2023, 04:12

547

IIV akademiyasida faxriylar va yoshlar ishtirokida “Uch avlod uchrashuvi” ma’naviy-ma’rifiy tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Keksa avlod vakillarining boy tajribasini o‘rganish, ezgu fazilatlarini ibrat sifatida ko‘rsatish, ta’lim-tarbiya ishlari samaradorligini oshirish maqsadida tashkil etilgan tadbirga bir guruh ichki ishlar organi faxriylari taklif qilindi.

Uchrashuv avvalida IIV Jamoat xavfsizligi departamenti boshlig‘i o‘rinbosari – yo‘l harakati xavfsizligi xizmati boshlig‘i Olim Saidov so‘z olib, yoshlarning ma’naviy-axloqiy fazilatlarini yuksaltirish, jamiyatimiz uchun kerakli kadrlar etib tayyorlash, ayniqsa tizimdagi keng qavromli islohotlarni samarali tatbiq etishda faxriylarning ko‘p yillik hayotiy tajribasi muhim ahamiyat kasb etayotganini alohida ta’kidladi.

 Akademiya kursantlari, idoraviy akademik litsey va umumta’lim maktabi o‘quvchilari, Jamoat xavfsizligi universitetida ta’lim olayotgan yoshlar, IIV JXD Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati mas’ul xodimlari, professor-o‘qituvchilar ishtirok etgan tadbirda el tinchligi yo‘lida xizmat qilish mas’uliyati haqida so‘z bordi.

Soha faxriylari bosib o‘tgan kasb yo‘llari, xizmat qiyinchiliklari, erishgan yutuqlariga to‘xtalib, hayotiy voqealardan so‘zlab berdilar. Ichki ishlar organlarining yangi qiyofasini yaratish yo‘lida ulkan islohotlar amalga oshirilayotgan hozirgi davrda yosh avlod vakillari har tomonlama munosib kadr bo‘lishlari zarurligi ta’kidlandi.

Motivatsion ruhda o‘tgan tadbir davomida Vatanni madh etuvchi qo‘shiqlar yangradi. Mehmonlar akademiyada yaratilgan zamonaviy sharoitlar, yo‘l harakati xavfsizligi xizmatiga joriy qilingan maxsus texnikalar, tizim tarixi va buguni aks ettgan videorolik bilan tanishdilar.

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech