IIV Akademiyasida ichki ishlar organlarining tezkor-qidiruv xizmati faxriylari bilan uchrashuv tashkil qilindi.
Tadbirda IIV Tezkor-qidiruv departamenti vakillari, Akademiya ixtisoslik kafedrasi professor-o‘qituvchilari va “tezkor-qidiruv faoliyati” mutaxassisligi bo‘yicha ta’lim olayotgan kursantlar ishtirok etdi.
So‘z olganlar tezkor-qidiruv xizmati faoliyatini takomillashtirish, sohaning huquqiy asoslarini mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlar, jinoyatchilikka qarshi kurashish, jamiyatda huquq-tartibotni mustahkamlash, ayniqsa fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishda mazkur xizmatning o‘rni haqida to‘xtalib o‘tishdi. Akademiya ta’lim jarayoniga tatbiq qilingan zamonaviy yondashuvlar, “ustoz-shogird” an’analari asosida olib borilayotgan mashg‘ulotlar sohani har tomonlama yetuk kadrlar bilan ta’minlashga xizmat qilayotgani ta’kidlandi.
Uch avlod uchrashuvida faxriylar ham so‘z olib, ustozlarning ko‘p yillik tajribasidan unumli foydalanish, nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarni puxta egallash zarurligi haqida yoshlarga tavsiya berishdi. Tadbir so‘nggida ta’lim samaradorligini oshirishga munosib hissa qo‘shayotgan bir guruh faxriylar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Iqtidorli kursantlar tomonidan tayyorlangan sahna ko‘rinishi barchaga manzur bo‘ldi.
IIV Akademiyasi Axborot xizmati